Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-январь 2026, 14:17
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida baholash sinovlari oʻtkazilmoqda


Poytaxtimizdagi 51-maktabda xorijlik fransuz tili oʻqituvchilari yordamida xalqaro DELF va DALF imtihonlariga tayyorgarlik vazifasini oʻtovchi diagnostik baholash sinovlari tashkil etildi. 
Bundan koʻzlangan maqsad “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida oʻquvchilarni fransuz tili boʻyicha xalqaro sertifikatlarga tayyorlash va shu orqali xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishga koʻmaklashish, shuningdek, joriy yilning aprel oyida Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan “DELF Scolaire” imtihoni uchun ham puxta tayyorgarlik boʻlib xizmat qiladi. 
Mazkur sinovlar orqali 250 nafar oʻquvchi oʻzining fransuz tilini bilish boʻyicha darajalarini aniqlab oladi hamda ushbu natijalar asosida kelgusidagi imtihonlarga manzilli tayyorgarlik koʻrish imkoniga ega boʻladi.