Yunusobod tumani MMT bo`limiga qarashli 51-sonli DIUMda 2026 yil 15 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi harbiy pensionerlarni ijtimoiy moslashtirish markazi boshlig`i iste’fodagi polkovnik Z.T.Axmedxadjaev, ushbu markaz bosh mutaxassisi iste’fodagi podpolkovnik D.I.Imomkulov, IIV faxriyasi iste’fodagi mayor O.Shukurov, Yunusobod tumani kengash raisi o‘rinbosari R.A.Yusupov, 51-sonli DIUM direktori R.R.Galimov, MMIBDO‘ S.Xadiyeva va CHQBT rahbari B.Dovlatovlar ishtirok etdi. Tadbir boshida O‘zbekiston prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yuklagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Faxriylarining Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlariga Murojaati iste’fodagi podpolkovnik D.I.Imomkulov tomonidan o’quvchi yoshlarga etkazildi. Tadbir yakunida o‘zining axloqiy-ruhiy sifatlari bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan, namunali xulqi va Vatanparvarlik oyligi doirasida o’tkazilgan tadbirlardagi faolligi uchun bir qator o`quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida Harbiy Ansambl va o`quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari nomoyish etildi.