Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-октябрь 2025, 13:40
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“APESAM” vakillari E.Delert va E.Galtsern Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi


Fransiya elchixonasining ta’lim masalalari bo‘yicha vakili S.Bellini, Jahonda birdamlik uyushmasi — “APESAM” vakillari E.Delert va E.Galtsern  Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif  buyurdi. 
Tashrifdan maqsad – maktablar faoliyati bilan tanishish, tabiiy va aniq fanlar sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazishdan iborat.
Tashrif chog‘ida fizika va matematika dars jarayonlari kuzatildi. Shuningdek, fransuz tili o‘qituvchilari jamoasi bilan suhbat o‘tkazildi. Yuqori sinf o‘quvchilari mehmonlarni maktab bilan tanishtirdilar.




Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati