Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-сентябрь 2025, 16:48
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Aziz ustozlar, qadrli yurtdoshlar!


Barchangizni yangi o‘quv yilining boshlanishi — bilim va ma’rifat bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bugun mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yurtimiz kelajagini bunyod etishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.  Bu jarayonda fidokorona mehnat qilayotgan yuz minglab ustoz va murabbiylarimiz esa islohotlar samarasini avvalo o‘z faoliyatlari misolida kuzatib borishmoqda.

Ta’lim — bu jamiyat taraqqiyotining eng asosiy poydevori, millatni yuksak marralarga eltuvchi eng qudratli kuchdir. Maktab va oliy ta’lim dargohlariga ilk qadam qo‘yayotgan har bir o‘quvchi va talabaning ko‘zida biz ertangi kunimizni, xalqimizning buyuk orzu-intilishlarini, Vatanimizning porloq istiqbolini ko‘ramiz.

Shu bois, ta’lim dargohlariga kirib kelayotgan yoshlarimizni ilm va ma’rifat sari yetaklash, ularning qalbida ezgu orzularni uyg‘otish, yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘usini mustahkamlash bugun barchamiz uchun sharafli, ayni paytda ulkan mas’uliyatli vazifadir.

Zero, bilim istab kelayotgan farzandlarimiz — bizning kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va ishonchli tayanchidir.

Aziz ta’lim sohasi vakillari! 

Sizlarni bugungi bayram — yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan yana bir bor chin yurakdan qutlayman. 

Sizlarga mustahkam iroda, yuksak marralarni zabt etishda muvaffaqiyat va omad tilayman. 

Bilim va ma’rifat yo‘lida qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ingiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilaversin!



Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
rahbari o‘rinbosari