2024 yil 13 fevral kuni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan "Giyohvandlik illatining inson va o`quvchi yoshlar ongiga, jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, uning oldini olish hamda bu illatga qarshi immunitetni oshirish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda maktab ma'muriyati, ChQBT fani o'qituvchisi podpolkovnik B.B.Dovlatov, Yunusobod tumani "Mirzo Ulug'bek" MFY raisi R.A.Yusupov, profilaktika inspektori F.Yu.Boboyev, Toshkent shahar Yunusobod tumani MG inspektor-psixolog leytenant Po'latov Sh.Sh, sinf rahbarlar, fan o'qituvchilari va yuqori sinfdan 230 nafar o'qituvchilar ishtirok etdilar.
Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab
ta'limi bo‘limi Matbuot xizmati.