Bugun maktabimizda ma’naviyat kuni munosabati bilan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan maqsad o‘quvchilarga "Psixotrop moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri va oqibatlari" to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yanada ko‘proq yetkazish va ularning oldini olish. Uchrashuvda maktab ma’muriyati, "Mirzo Ulug‘bek" MFY raisi R.Yusupov, Yunusobod tumani MG inspektor-psixolog leytenant Sh.Po‘latov, sinf rahbarlar va fan o‘qituvchilari hamda 224 nafar o‘g‘il bola o‘quvchilar ishtirok etdilar.