Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan poytaxtimizda joylashgan Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
⚡️ Tadbirda taʼkidlanganidek, ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda.
❗️ Joriy yilda 4 644 ta davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilishi natijasida bolalalarni maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 76,0 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 96 foizga yetkazildi.
➖ Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 500 taga (2023-yil – 500 ta) yetkazildi. Bunda oʻtgan yilgi baholashda ishtirok etgan 500 ta maktab ichida jarayonlarni samarali yoʻlga qoʻygan maktab jamoalariga 40 foizgacha ustama toʻlab kelinmoqda. Oʻtgan oʻquv yilida oʻquvchilarning oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi 6 foizga oshgan.
❗️ Xususan, joriy oʻquv yilining birinchi chorak natijalarini oʻtgan oʻquv yilining xuddi shu davri bilan solishtirilganda, oʻquvchilarning bilim olish darajasi 4 foizga oshganligini koʻrsatmoqda.
➖ Yana bir muhim jarayon sifatida malaka toifalarini berish tizimi mutlaqo yangi tartibda amalga oshirildi. Shunindek, 1 000 nafar amaldagi direktor va 1 600 nafar nomzod “Menejerlik oʻquv kursi”da oʻqitilib, 1 800 nafariga sertifikat berildi.
👏 Tadbir davomida joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.