Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov Janubiy Koreya Respublikasining Jeollanam-do Taʼlim departamenti rahbari janob Chon Byon Guk boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi


Unda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi taʼlim markazi koʻmagida tashkil etilgan uchrashuvda oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilarini Koreya tajribasi asosida kasb-hunarga oʻrgatish, bitiruvchilarni professional taʼlimga tayyorlash, gumanitar yoʻnalishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki tomonlama oʻrnatilgan dasturlarni rivojlantirish maqsadida hududiy taʼlim boshqarmalari bilan doimiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlandi.