Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida fransuz tilini puxta o'rgatishga alohida ahamiyat berib kelinadi. Buning natijasida mazkur ta'lim muassasasi o'quvchilari tuman, shahar, Respublika va xalqaro tanlovlarda yuqori natijalarni qo'lga kiritishmoqda.
Jumladan, maktabning 9-“V” sinf o'quvchisi Sevinch Pirnazarova yaqinda o'tgan asosiy fan olimpiadasi Toshkent shahar bosqichida fransuz tili fanidan munosib ishtirok etdi.
Ustozi Zumrad Sattorova rahbarligida asosiy fan olimpiadasiga puxta hozirlik ko'rgan Sevinch yakunda 97.6 ball jamg'arib, tengdoshlari o'rtasida faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati