Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Maktabgacha ta’limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi


Unda xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor, tarbiyachi va metodistlari — jami 320 nafar ishtirokchilar qamrab olindi. 
Tadbirni kirish so‘zi bilan vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov ochib berdi hamda maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, sohada innovatsion yondashuvlardan foydalanish hamda xorijiy tajribani o‘rganishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Konferensiya Jahon banki loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Jahon banki, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Islom taraqqiyot banki vakillari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda; bu yilgi konferensiyada qatnashish uchun 500 ga yaqin maqolalar kelib tushdi. Undan 230 ga yaqini nashr uchun tavsiya qilindi.