Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Hindistonning "Priyadarshani Group of Schools" direktori Doktor Rajendra Singh boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi


Uchrashuv davomida "Priyadarshani Group of Schools" tomonidan taklif etilayotgan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda xususiy maktablar tashkil etish bo‘yicha loyiha istiqbollari muhokama qilindi. 
Xorijiy delegatsiya vakillari o‘z taqdimotlarini namoyish etib, mazkur loyiha bo‘yicha takliflarini bildirishdi.
Uchrashuvda ta'lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi. 
Tadbir yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi rejalar bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olishdi.