Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekiston terma jamoasi 21-xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun ruminiyaga yo'l oldi


Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan. 
21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo’lga kiritgan edi. 
Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!