Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga qator soliq imtiyozlari berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
2030-yil 1-yanvarga qadar:
➖ nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;
➖ O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);
➖ nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.
 
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatnidoimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga "A-2" o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;
➖ nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Qarorning to‘liq matni