Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri otbning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori bilan uchrashdi


Joriy yilning 20 noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish sektori boshqaruv direktori Safiya Shakil hamda OTBning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi. 
Uchrashuv davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, STEM laboratoriyalarini jihozlash loyihasi muhokama qilindi. 
Vazir tomonidan mazkur loyihaning ahamiyati ta’kidlanib, bu yoshlarning zamonaviy bilim va texnologik ko‘nikmalarni egallashlariga yordam berishi alohida qayd etildi. 
Ushbu tashabbus mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish bilan birga, global raqobatbardoshlikni oshirish hamda kelajak avlodni innovatsion rivojlanishga tayyorlashda muhim rol o‘ynashi aytib o‘tildi.
Shuningdek, tomonlar maktabgacha va maktab ta’limi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusi rejalarni muhokama qildilar.