Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Rossiyalik delеgatsiya vakillari Toshkent shahridagi 5-maktabda boʻldi


Joriy yilning 2 noyabr kuni yurtimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisining oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko, Rossiya Federatsiyasi Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri Aleksey Chekunov poytaxtimizda joylashgan 5-maktab faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, maktab jamoasi hamda oʻquvchilar ishtirok etdi.
Mehmonlar maktabda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, taʼlim maskanidagi STEM laboratoriyasi, kutubxona, sinfxonalar, oʻquvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar bilan tanishdi hamda dars jarayonlarida ishtirok etdi.