Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kurslariga start berildi


Tadbir "Mittivoy" (Малыш) loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Respublikamiz bo‘ylab 100 nafar maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari tarbiyachilari ishtirok etishmoqda.

Treninglar davomida malakali mutaxassislar tomonidan:

➖ “Tayyorlov guruhlari: mavsumiy intensiv”;
➖ "Maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim jarayonining maqsad va vazifalarini rejalashtirish”;
➖"Maktab ta’limiga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari diagnostikasi”;
➖“Bolaning maktabga umumiy va maxsus tayyorgarligi diagnostikasi” kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Ma'lumot o‘rnida: ushbu loyiha 3 bosqichli bo'lib, 1-2 bosqichlarda 100 nafar, 3-bosqichda 500 nafar tarbiyachilar qamrab olinishi rejalashtirilgan.