Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Hurmatli ustozlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barchangizni “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.
Joriy yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ilk bor pedagog maqomi alohida belgilanganligi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi bugun jamiyatda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri oshib borayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Bu tarixiy o‘zgarish va yangiliklarga ustoz-murabbiylarimiz ham doimo, labbay deb javob berib kelishmoqda.

Aziz pedagoglar!
Sizlar jamiyatimizning tirgagi, kelajak avlodni tarbiyalovchi o’ta mas’uliyatli hamda sharafli kasb egasisiz!

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!