Poytaxtimizdagi Toshkent Xalqaro universitetida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta'lim tashkiloti hamkorligida o'tkazilgan seminar-treninglarni kaskad usulida davom ettirish jarayonlariga start berildi.
Seminar-trening jarayonlariga 12 nafar tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i, 24 nafar maktab direktori, 24 nafar matematika va 36 nafar tabiiy (Science) fani o'qituvchilari qamrab olindi.