Kuni kecha badiiy gimnastika bo'yicha Italiyada o'tgan yirik xalqaro turnirda hamyurtlarimiz ham munosib ishtirok etdi.
Jumladan, nufuzli musobaqada Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 8-“B” sinf o'quvchisi Yevangeliya Kan Vatanimiz sharafini himoya qildi.
Iste'dodli nafosat malikasi Yevangeliya faxrli uchinchi o'rinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi.