Kuni kecha poytaxtimizda shaxmat bo'yicha bolalar, o'smirlar, qizlar va faxriylar o'rtasida "Tashkent 64 BLITZ" musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqaning 10 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi bahslarida Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 3-“V” sinf o'quvchisi Husnoraxon Husniddinova faxrli birinchi o'rinni egalladi.