Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etildi.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab:
Vazirlik tizimidagi taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;
barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi.