Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi. 
Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi.
Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi. 
Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi.

Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi.