Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahridagi 97-sonli maktab ish faoliyati boʻyicha “Turon” teatr jamosining hisobot konserti namoyishi boʻlib oʻtdi


Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi oʻquv seminari doirasida qator madaniy-maʼrifiy uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, "Yangi Oʻzbekiston" universitetida uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiyaning oʻrni va maʼnaviy tarbiyaning metodologik asoslariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov hamda Qarshi davlat universiteti professori, senator Abdurahim Erkayevlarning shu mavzularga doir maʼruzalari tinglandi.

📍 Kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahridagi 97-maktab ish faoliyati boʻyicha tajriba almashinuv tadbiri hamda bu yerda tashkil etilgan musiqiy ansambl va “Turon” teatr jamosining hisobot konserti namoyishi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari ishtirokida poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga sayohat tadbiri tashkil etildi.