Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘quvchilar uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi


Maktab o‘quvchilari uchun III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, 21-mart bahorgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 7 kalendar kun, ya’ni 27-martga qadar davom etadi. IV chorak esa 28-martdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bob, 26-bandiga muvofiq o‘quvchilar uchun bahorgi ta’til — 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
  • kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha.