Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-май 2024, 17:04
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Avval xabar qilinganidek, (https://t.me/uzedu/26277) Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

☝️Natijalarni aniqlash tartibini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

🖥 Buning uchun nomzod pedagog https://my.uzbmb.uz/result havolasiga kirishi va so‘ralgan quyidagi ma’lumotlarni namunada ko‘rsatilganidek tizimga ketma-ket kiritishi lozim:

➖nomzodning pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriya va raqami);

➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);

➖so‘ralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).

❗️Mazkur ma’lumotlar to‘g‘ri va aniq kiritilgandan so‘ng, nomzodning test natijalari ma’lum qilinadi.