Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O’zbekiston va Singapur Ta’lim vazirliklari o’rtasida o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida Singapur davlatida bo'lib turgan vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapur Ta'lim vazirligida bo'lishdi.

➖Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sifatini yaxshilash, ta'limda ilg’or tajribalarni qo’llash, shu jumladan kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

✔️Shuningdek, vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapurning National Institute of Education (Milliy Ta'lim Instituti) da bo‘lib, amaldagi pedagoglar malakasini oshirish yuzasidan taqdimot qilishdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida:

➖ malaka oshirish tizimi hamda o’quv dasturlari va kontentlarni takomillashtirish, 
➖ ta’lim berish sifatini yaxshilash va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.