Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 1-11-sinflar uchun Fransiyaning Hachette Livre Group nashriyoti tomonidan chiqarilgan fransuz tili darslik majmualarining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar-trening uyushtirildi.
Unda poytaxtmizdagi umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashdi. Seminarni Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sho'ba rahbari Nazira Nurmatova ochib berdi. U o'z so'zida yangi avlod darsliklari, xususan, fransuz tili darsliklarining mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
Seminarning ochilish marosimida maktab o‘quvchilari tomonidan fransuz tilida badiiy chiqishlar namoyish qilindi. Yangi fransuz tili fani darsliklari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar qatnashchilarga darsliklardan qanday foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati