Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan tajriba almashinuvi bo‘yicha seminar-treniglarda ishtirok etishmoqda.
Yig‘ilishni Seul ta'lim departamentining ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha boshlig‘i Xan Nyen Gyi ochib berdi. Unda ikki mamlakat ta'lim tizimi o‘rtasidagi o‘xshashliklar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, treninglar doirasida sun'iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.