Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmonning tashabbusi bilan “Enhance” dasturi asosida qaytadan taʼmirlangan OʻFA sunʼiy qoplamali maydonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda OFK vitse-prezidenti Zav Zav, bosh kotib Datuk Seri Vindsor Jon, hududiy assotsiatsiyalar bilan ishlash departamenti direktori Vohid Kardani, OʻFA birinchi-vitse prezidenti Ravshan Irmatov va yosh shugʻullanuvchilar, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. OFK bosh kotibi futbol infratuzilmasi rivojlanib borayotgani, xususan, ushbu maydon ham bolalarga uzoq yillar xizmat qilgan holda shugʻullanuvchilar ichidan Oʻzbekiston terma jamoalariga futbolchilar yetishib chiqishiga tilak bildirdi. Maydonning ramziy lentalari kesilib, Toshkent shahridagi umumta'lim maktab o'quvchilari ishtirokida estafetalar va bir qancha qiziqarli mashgʻulotlar tashkil etildi.