Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-декабрь 2024, 13:58
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktab rahbarlarining kompetensiyalari oshirilmoqda


Mirobod tumanidagi 158-maktabda direktorlar uchun “Ta’lim muassasalari rahbarlarining liderlik kompetensiyalarini oshirish va o‘quv jarayonida STEAM usullaridan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar doirasida maktab rahbarlari "Suqrot doirasi", keys darsi, savollar asosida o‘qitish uslublari va tushunchalari bilan tanishdi. Taqdimotlar davomida o‘quv materialini o‘rganishda qisqa va uzoq muddatli loyihalarini tuzish va amalga oshirish ko‘rsatib berildi.
Seminarda 8-sinf o‘quvchilari uchun JuzeppeArchibaldo kartinalari asosida «Vitaminlar» mavzusi bo‘yicha elektron doska, san’at, fizika va kimyo elementlaridan foydalangan holda dars o‘tib berildi.
Moliyaviy savodxonlik loyihasida 6-sinf o‘quvchilari tomonidan “Pulning paydo bo‘lish tarixi” ORIENT FINANS BANK tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida namoyish etildi. Dars iqtisod, matematika, adabiyot va san’at bilan bog‘lab o‘tildi.
8-sinf o‘quvchilari seminar ishtirokchilariga “GarriPotter” kitobi asosida yaratilgan o‘yinlarni texnologiya, ifodali o‘qish, teatr san’ati, adabiyot va boshqa usullardan foydalangan holda taqdim etdi. Bundan tashqari, yuqori sinf o‘quvchilari Java ORACLE Foundation asoslarini o‘rgatish bo‘yicha bilimlarini namoyish etdi.
Seminar davomida maktab direktorlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bahorgi ta’til - 23-26 mart kunlari tashkil etilgan 4 kunlik “ICT4GIRLS Digital Camp” xalqaro dastur ishtirokchilarining individual loyihalari bilan tanishdi.
Seminar yakunida maktab rahbarlariga o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etib, amaliyotda qo‘llash tavsiya etildi.


Manba: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lmi vazirligi