Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-ноябрь 2024, 21:04
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Kelajakni uygʻotuvchi bong


Maroqli yozgi ta’tildan so‘ng yangi o‘quv yili boshlandi. Qo‘llarida gul, qalbda hayajon bilan sevimli maktabi tomon oshiqayotgan o‘quvchi-yoshlarning quvonchlari cheksiz. Bugun shahrimiz yoshlarini o‘z bag‘riga chorlagan barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.

Bolajonlarning xursandchiligiga sabab bo‘lgan ushbu shodiyona Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabida Mustakilligimizning 32 yilligi hamda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi xodimi M.Asrarova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi T.Qodirova, “Mirzo Ulug‘bek” MFY raisi R.Yusupov, maktab homiysi J.Usmonov, tuman VEMB inspektor psixolog leytenant N.Ahmedovalar ishtirok etdi. Ular o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida omad va zafarlar tilab, kelajagimiz egalari ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, maktab o‘quvchilarining betakror raqslari hamda kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi.