Unda Yunusobod tumani IIOFMB boshlig'i A.A.Shermuhammedov, Yunusobod tumani prokuraturasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarni oldini olish departmenti xodimi M.Nuriddinovlar ishtirok etdi.
Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Ochil Yarashev rahbarligida o'tkazilgan tadbirda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda maktab direktorlari qatnashdi. Unda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati