Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi

O‘zbekiston Kinematografiya agentligining Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari Haftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, 

YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade,

TUM International tashkiloti boshqaruvchi direktori Friderike Hettinger,

Cambridge Assessment Markaziy Osiyo davlatlari uchun ta’lim xizmatlari departamenti direktori Stiv King,

Massachusets texnologiya instituti Ta’lim va innovatsiya departamenti direktori, J-WEL laboratoriyasi asoschisi Vijay Kumar,

Rossiya ta’lim akademiyasi Vitse-prezidenti, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Vladimir Filippov,

“KEI Advanced, Inc. Kawaijuku-group” direktori Hiromitsu Sakata,

YUNISЕF Texnik Maslahatchisi Metyu Goldi-Skot ishtirok etmoqda.