Sizni “27-iyun– Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan islohot, yo‘lga qo‘yilayotgan tizimli o‘zgarishlar va tashabbuslar mohiyatini xalqimizga yetkazishda OAV xodimlarining xizmati beqiyos.
Shu ma’noda, o‘z iste’dodi, ijodi, o‘tkir qalami va so‘zi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan o‘tkir qalam egalarining fidokorona mehnati doimo e’tirof va e’zozga loyiq.
Aziz jurnalistlar!
Yurtimiz farovonligi va jamiyat ochiqligi yo’lidagi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!
Hurmat bilan,Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi