Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Jinoyat muhokamasi tanqidiy ruhda o‘tdi

2023 yil 12 iyun kuni Uchtepa tumanida joylashgan O‘zbekiston Jahon tillari universitetida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligida shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Nilyufar Xusanboyeva va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari, 418 ta maktab direktorlari, DXX Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, barcha tuman IIO FMB boshliqlari va 74 nafar voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar hamda Milliy Gvardiyaning hududiy bo‘linma rahbarlari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan yig‘ilishda joriy yilning 10 iyun kuni Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi, Saidxalil S. (2006 y.t) shu maktabning “Informatika” fani o‘qituvchisi, Samandar B.ni (1999 y.t) urib, tan jarohati yetkazganligi holati muhokama qilindi. Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi taʼminlanadi.
Jabrlangan o‘qituvchi hamda voyaga yetmagan huquqbuzar aka-ukalar, ularning ota-onasi, mahalla raisi va faollari ishtirokida tanqidiy muhokama o‘tkazildi. Muhokama yakunida voyaga yetmagan huquqbuzar va uning ota-onasi barcha ustoz va murabbiylardan uzr so‘rab, bu kabi holat boshqa qaytarilmasligini aytib o‘tishdi.
Muhokama davomida, 62-sonli maktab direktori X.Maxkamova, bolalarning sinf rahbari va 20 nafar o‘qituvchilarning sodir etilgan holat yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, qatʼiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida masʼul rahbarlarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Bu kabi noxush holatlarni oldini olish maqsadida, barcha tuman IIO FMB boshliqlari, hududiy xalq taʼlim bo‘limlari va tegishli mutasaddi idora rahbarlari bilan hamkorlikda, poytaxt hududidagi 418 ta maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilari o‘rtasida tanqidiy muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Jumladan, o‘qituvchi va ustozlarga qaratilgan har qanday noqonuniy xatti-harakat uchun qonunda belgilangan eng og‘ir chora ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek, barcha tuman ichki ishlar organlari va xalq taʼlimi bo‘linmalari bilan hamkorlikda qo‘shma-reja ishlab chiqilishi belgilab olindi.
Barcha tuman IIO FMB boshliqlari, hududiy halq taʼlim bo‘limlari va maktab direktorlari Toshkent shahri bo‘yicha 2 278 nafar tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlarga masʼul biriktirib, har biri bilan yakka tartibda yondashgan holda doimiy nazoratini olib borilishi belgilandi.
Yig‘ilish yakunida, bugungi kunda kelajak avlodni tarbiyalashda va ularga taʼlim berishda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan har bir o‘qituvchi davlat himoyasida ekanligi alohida taʼkidlandi.
Shu sababli, olib borilayotgan islohotlarning davomiyligi tariqasida, har bir o‘qituvchilar “Ichki ishlar organlari himoyasida” tamoyili asosida, zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Kelgusida yuqoridagi kabi salbiy holatlar aniqlangan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda qatʼiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida mutasaddi idora va tashkilotlarga topshiriqlar berildi.