Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Poytaxt hokimligida Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududuy kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi

Joriy yilning 3 may kuni poytaxt hokimligida Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududuy kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda Ochiqlik indeksi natijalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiqligini ta’minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlari va yo`l qo`yilgan kamchiliklari muhokama qilindi.

Ushbu masalada so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Turdiqulov Ochiqlik indeksi bo‘yicha belgilangan talablarni bajarish yuzasidan olib borilgan ishlar xususida ma'lumot berdi. 

Yig‘ilishda poytaxtdagi qator boshqarmalar boshliqlari, jumladan,  Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Nilufar Husanboyeva sohada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.



Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati