Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi soha faoliyatiga oid qator jarayonlarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz))da bir nechta elektron xizmatlarni yo‘lga qo‘ydi.
Bugungi kunda fuqarolar ushbu portal orqali quyidagi xizmatlar uchun onlayn arizalar bermoqda:
✅shahodatnoma dublikatini olish;
✅eksternat tartibida imtihon topshirish;
✅bolani bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish;
✅taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlari nostrifikatsiya qilish;
✅chet el fuqarolarining farzandlarini maktabga qabul qilish.
Raqamlarga murojaat qilsak, bugungi kunga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 27 651 nafar fuqaro shahodatnoma dublikatini olgan bo‘lib, 4 692 nafari eksternat tartibidagi imtihonlarga tavsiya etilgan.
Shuningdek, 1577 nafar ota-onalarning farzandini boshqa maktabga ko‘chirish, 145 nafar chet el fuqarolarining farzandlarini maktabga qabul qilish bilan bog‘liq onlayn arizalari ijobiy yechim topgan. 684 nafar fuqarolarning taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlari esa nostrifikatsiya qilingan.