Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 13-ноябрь 2024, 10:17
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro matematika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining o‘quv tayyorlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan mazkur o‘quv jarayonlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.
Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoa a’zolarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab keladi.
64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) joriy yilning 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Batafsil:👉https://uzedu.uz/uz/news/1010