Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi
51-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Yuliya Zemlina MDH davlatlari pedagoglari o‘rtasida o‘tgan
“MDHning Eng mohir pedagogi - 2022”xalqaro ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yuliya Vyacheslavovnaning ilmiy ishlari e-library ga kiritilib, ommaga taqdim etilgan, AQSh, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston OAK tassarufidagi jurnallarda nashr etilgan. U o‘zining bu ilmiy ish va maqolalari orqali O‘zbekiston ta’lim sohasida o‘quvchi-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Bugun Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limida tajribali o‘qituvchining yutug‘i alohida e’tirof etilib, unga guldasta va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati