Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-ноябрь 2024, 21:04
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarni saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 16 dekabr kuni Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2023 yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari boshlanadi.
Qayd etish joizki, 2023 yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 2000 nafar etib belgilandi va bu kvota “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlandi (https://uzedu.uz/y3/services/127). 
Ushbu kvotaga nomzodlar “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli Qarorida belgilangan (https://lex.uz/docs/6143326#6144156) tartibga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan taqdim etildi.
Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomnidan “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari — 2022 yil 16 dekabr kuni barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda esa umumta’lim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. 
Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har oylik ustamaga da’vogar malakali pedagog kadrlar ro‘yxatlari va 1-bosqich test sinovlari o‘tkaziladigan joy hamda vaqti bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi havola orqali (https://uzedu.uz/y3/news/879) olishingiz mumkin. 
Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu jamg‘arma hisobidan Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama to‘lash ko‘zda tutilgan.