Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalq ta’limi vaziri II Istambul ta’lim sammitida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi a’zolari 2022 yil 4-5 noyabr kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan “Maktab kelajagi, pandemiyadan so‘ng ta’lim ehtiyojlari” mavzusidagi II Istambul ta’lim sammitida ishtirok etmoqda.
Sammitning ilk kunida o‘tkazilgan tadbirlarda Turkiya hamda boshqa xorijiy mamlakatlarning ta’lim vazirlari, nufuzli o‘quv oliygohlari professorlari, Xalqaro Maorif maktablari o‘qituvchilari qatnashishdi.
Xorijiy davlatlarning sohaga doir yetuk mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan mazkur sammitda post-pandemiya davrida uzluksiz ta’limni ta’minlash hamda keyingi qadamlarni belgilash muhokama qilinmoqda.