Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

" ONA TILIM-SARCHASHMANGDAN SARXUSH DILIM" deb nomlangan adabiy-ma'rifiy kecha o'tkazildi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 51-DIUMda 21-oktyabr o'zgacha shukuh ila boshlandi. Buning boisi butun O'zbekistonda o'zbek xalqining g'ururi va iftixori bo'lmish " O'zbek tiliga Davlat tili maqomi" berilganligining 33 yilligi tantanalarining keng nishonlanishidir. 51-DIUMda tashkillashtirilgan  " ONA TILIM-SARCHASHMANGDAN SARXUSH DILIM" deb nomlangan adabiy-ma'rifiy kechaga O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Faxriylar bilan ishlash bo'yicha Toshkent shahar Kengashi raisining o'rinbosari iste'fodagi podpolkovnik B.R.Ma'mirovich, Jamoatchilik hududiy bo'linmasi yetakchi mutaxassisi iste'fodagi podpolkovnik I.D.Ismatovich,  Yunusobod tumani Mudofaa ishlari bo'lim boshlig'ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari H.Qosimov, " Mirzo Ulug'bek" mahalla raisi Yu.R.Abilovich, O'zbekiston Davlat Drama teatri aktrisasi Dono Boboxonova, Munojat Teshaboyevalarning tashrifi o'zgacha ko'tarinkilik baxsh etdi. O'zbek tilini madh etuvchi sahna asarlari,she'r, qo'shiqlar kuylandi.