Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahar hokimligida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi



Toshkent shahar hokimligida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotida, yoshlarning faolligi va tashabbuslarida ustozlarning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va Prezident Farmoni bilan taqdirlangan bir guruh ustozlarga Davlat mukofotlarini topshirdi. Shuningdek, o‘z sohasida faol bo‘lgan, namuna ko‘rsatayotgan poytaxtimizdagi pedagoglarning bir guruhiga Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shahar hokimi o‘z so‘zi yakunida yaqin kunlarda ta’lim sohasining 1000 nafar fidoyilariga hokimlik hisobidan Samarqandga sayohat tashkil etilishini bildirdi.