Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktablarda to‘garaklar rivojlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining qo‘shma qarori imzolandi. Unga ko‘ra IT, matematika, fizika, kimyo, biologiya va chet tillari yo‘nalishida to‘garaklar bo‘yicha o‘qituvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablari va tajribali o‘qituvchilar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an'analariga asosan o‘qitish va malakasini oshirish yo‘lga qo‘yiladi. To‘garak xonalari uchun alohida dizayn ishlab chiqiladi va shu asosida jihozlash bo‘yicha hisob-kitoblar tayyorlanadi. Tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari tomonidan mahalliy moliya organlari bilan kelishgan holda hisob-kitobga asosan maktab smetasiga mablag‘lar belgilanadi. Shuningdek, to‘garak rahbarlari o‘rtasida “Fan to‘garaklari” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar moddiy rag‘batlantiriladi.