Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

2022-yilda xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Joriy yilda Respublika bo‘ylab 788 ta maktabda qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilib, qariyb 120 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Ta'kidlash lozimki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Sohaga ajratilayotgan mablag‘larning manzilli ishlatilishi hamda ishlarning tizimli tashkil etilishi natijasida respublikamizning barcha hududlarida yangi maktablar bunyod etilmoqda, mavjudlari rekonstruktsiya qilinmoqda yoki mukammal ta'mirlanmoqda.
Keltirib o‘tilgan mazkur qurilish-ta'mirlash hamda jihozlash ishlari uchun jami 3,1 trln.so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lib, bu ishlar qizg‘in jarayonda olib borilmoqda.
Jumladan:
Investitsiya dasturi doirasida — 342 ta;
Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining tegishli bayoniga asosan  —  128 ta;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga asosan  — 262 ta;
Prezidentning hududlarga tashrifi davomida belgilangan qo‘shimcha 56 ta umumta'lim maktablarida shu kabi keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Yana bir xayrli tashabbus sifatida “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida ham yurtimizdagi qator umumta'lim maktablarida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq byudjet” portali orqali shu yilning o‘zida yurtimizdagi 873 ta umumta'lim maktablarini qurilish-ta'mirlash bo‘yicha xalqimiz tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, 302,1 mlrd. qiymatga ega shartnoma tuzilgan bo‘lib, bugunga qadar  196,2 mlrd so‘mlik qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlari bajarilgan bo‘lib, bu ishlar davom etmoqda. Umumhisobda joriy yilda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan umumta'lim maktablari soni 1500 tadan ortiqni tashkil etmoqda.



Xalq ta'limi vazirligining rasmiy sahifasi