Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2024, 15:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Umumta’lim maktablarining 2021/2022-o‘quv yilidaga faoliyati yakunlariga doir Toshkent shahar prokuraturasi taqdimnomasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasida poytaxtimiz umumta’lim maktablarining 2021/2022-o‘quv yilidaga faoliyati yakunlariga doir Toshkent shahar prokuraturasi taqdimnomasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi mutasaddilari ishtirok etdi. Yig‘ilishda poytaxtimizdagi ayrim umumta’lim maktablari faoliyatiga tahliliy-tanqidiy baho berilib, xato-kamchiliklarni bartaraf etish borasida aniq choralar belgilandi. O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan umumta’lim muassasalari rahbarlariga intizomiy chora qo‘llanildi.Yig‘ilishda mavjud barcha umumta’lim muassasalari direktorlari Zoom dasturi orqali onlayn ishtirok etishdi.


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati