Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasida Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda tumandagi umumta’lim muassasalarining 2021/2022-o‘quv yilida amalga oshirgan ishlariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Yashin Sultonov ochdi va olib bordi.
Unda tuman xalq ta’limi tizimida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar haqida so‘z bordi. Ta’lim sifat va samaradorligini oshirish yo‘lida qilinishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Tadbir so‘nggida ta’lim sifati va samaradorligini rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishayotgan 5, 17- hamda 97-sonli umumta’lim maktablari alohida e’tirof etilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati