Bugun Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan “Yilning eng faol yosh xalq ta’limi xodimi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Unda Yunusobod tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Aziza Muxametova g‘olib, deb topildi. Bektemir tumanidagi 293-sonli umumta’lim maktabi ona tili fani o‘qituvchisi Hulkar Niyozova faxrli ikkinchi hamda Uchtepa tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Husnora Haydarova uchinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati