Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-май 2024, 10:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq

25-may umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun hayajonli va unutilmas kundir. Bugun tantanali ravishda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi.Maktab rahbari Karimova Nargiza Fayzullaevna davlatimiz rahbarining mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdilar.Joriy o‘quv yilida maktabda xalq ta’limi sohasida  erishilgan  yutuqlarga to‘xtalib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarga kelgusi o‘qish va ishlarida omadlar tiladilar.Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda kuy-qo‘shiqlardan iborat bayram dasturi namoyish qilindi.O‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Maktab uzra jaranglagan so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari o‘g‘il-qizlarni yangi maqsadlar va yuksak orzular sari dadil qadam tashlashga undadi!