51-мактабнинг веб-сайтига
хуш келибсиз!

Noyabr oyi Yangiliklari.



Noyabr  oyi  Yangiliklari.

1-noyabr  kuni “Diniy ekstremizm va ijtimoiy ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish” doirasida davra suhbati o`tkazildi. 2-noyabr kuni Profilaktika kuni munosabati bilan “Turon” mahalla inspektori Rahmonov Xurshid yuqori sinf o`g`il bolalari bilan bo`sh paytdan unumli foydalanish bo`yicha davra suhbat o`tkazildi. 3-noyabr kuni 10-sinflar shahrimizdagi Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi Kasb-hunar markazida bo`lib, davra suhbati o`tkazilib, o`zlari qiziqqan savollarga javob olishdi va katta taassurotlar bilan qaytishdi. I chorak yakuni bo`yicha 6-7 sinflar ishtirokida shanbalik o`tkazildi. 6-noyabr kunlari 5-6-7 sinflar o`rtasida bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shahrimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.


7-noyabr kunlari 8-9 sinflar Samarqand shahar “Kitob olami” ARMga sayohat uyushtirildi. 9-noyabr “Barkamol avlod” bolalar markazida “Konstitutsiya o`quvchilar nigohida” mavzusida Respublika ijodiy ishlar tanlovida 6-“E” sinf o`quvchisi L.Baxtiyorova , M. Norboboyevalar o`zlari chizgan rasmlar bilan ishtirok etishdi. 10-noyabr kuni II chorak boshlandi.11-noyabr “Diniy ekstremizm va ijtimoiy ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish” doirasida davra suhbati o`tkazildi va shu munosabat bilan 7-“B” sinf o`g`il bolalar “Odob-axloq” mavzusida sinf rahbari F.F. Shukurova bilan davra suhbati tashkil qilindi.14-noyabr kuni “Islom Karimov asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligi doirasida chora-tadbirlar rejasi tuzildi. O`zbekiston  Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovga atab maktab kutubxonasida burchak tashkil etildi. Oylik  davomida chora-tadbir asosida uchrashuvlar, tanlovlar, davra suxbatlari tashkil etildi. 18-noyabr "O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 20-noyabr rus-tili va adabiyoti fani oyligi doyrasida maktabda A.S.Pushkinga atalgan ko'rgazma tashkil qilindi. 21 noyabr kuni maktab faollar zalida A.S. Pushkinning hayoti va ijodiga bag'ishlangan katta seminar tadbir o'tkazildi.

                                             

                        

                         

                                  

                            

                                                                                                                                                                                                                                                      

22-noyabr kuni “Konstitutsiya- baxtimiz poydevori” respublika ko`rik-tanlovining shahar bosqichi “Barkamol avlod” bolalar markazida o`tkazilib,  insholar yo`nalishi bo`yicha 8-“G” sinf o`quvchisi Safarov Adham II o`rinni, tasviriy san`at yo`nalishi bo`yicha 7-“A” sinf  o`quvchisi Soliyeva Diana  I o`rinni egallashdi.  24-noyabr kuni odob-axloq normalari doirasida “Hayotobod” MFY raisi va profilaktika inspektori tushuntirish ishlari olib borishdi. Shu kuni maktab faollar zalida nemis tili o`qituvchisi Fridrix tomonidan sahnalashtirilgan teatr yosh tomoshabinlarga yaxshi taassurot qoldirdi. 25-noyabr “Konstitutsiya- baxtimiz poydevori” respublika ko`rik-tanlovining viloyat bosqichida 7-“A” sinf  o`quvchisi Soliyeva Diana  I o`rinni egalladi. 27-noyabr kuni umummaktab saflanishi bo`lib o`tdi. Forma, kundalik, davomad reydlari to`g`risida to`xtalib o`tdi.Hafta davomida o`tkaziladigan tadbirlar e`lon qilindi. 29-noyabr kuni 10-“V” sinf  o`quvchisi Rasulova Hilola “Zulfiyaxonim” ko`rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etdi. 30-noyabr kuni Profilaktika kuni munosabati bilan inspektor V. Valixodjayev hamda DAN xodimlarining “Yo`l qoidasi-umr foydasi” mavzusida boshlang`ich sinflar bilan suhbat o`tkazildi. 21-maktabida “ Prezident asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligi doirasida o`tkazilgan tadbirlar  bo`yicha yopilish marosimi bo`lib o`tdi.

                          

 2-oktyabr  umum  maktab  saflanishi  bo`lib  o`tdi. “Ijtimoiy- ma’naviy  muhitni  yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikni  oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  davra  suhbati  o`tkazildi.

3-oktyabr  sport va  so`glomlashtirish  kuni  munosabati  bilan  maktab  faollar  zalida  o`quvchi  qizlar  bilan “Qiz bola gigiyenasi”  mavzusida  davra  suhbati  o`tkazildi. Oilaviy  poliklinika  shifokori  bilan  o`tkazilgan  suhbatda  o`quvchi  qizlarimiz  o`zlarini  qiziqtirgan  savollarga  javob  olishdi. Maktab xotin-qizlar  qo`mitasi  rahbari  Ergasheva A.R, maktab so`zga chiqib qiz bola odobi va salomatligi to`g`risida fikr almashinishdi.

Maktab  yoshlar  ittifoqi  yetakchisi  boshchiligida “Tilbilgan el biladi”

   5-“E” sinfida  Norboyeva  Zulfiya  tomonidan “Iskandar  Zulqarnayn  ertak  dostoni” asosida  ochiq  dars  o`tkazildi.

10-oktyabr kuni“ Umid nihollari” davom ettirilib, 6-sinflar o`rtasida futbol  musobaqasi  o`tkazildi. Unda 6-“A” sinfi I o`rin, 6-“B” sinfi II o`rin, 6-“D” sinfi   III o`rinniegallshdi.

11-oktyabr  kuni“Ijtimoiy- ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikni oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  davrasuhbatio`tkazildi.

13-oktyabrda esa  1-“V” sinfida “Hosilbayrami” mavzusida ochiq tarbiyaviy soat o`tkazildi. 


"16-oktyabr kuni “Umid nihollari” ning saralash bosqichiga volleybol bo`yicha 9-“B” va 9-“D” sinf o`g`il bolalar o`rtasida o`tkazilgan musobaqada 9-“D” sinf jamoasi g`olib bo`lishdi.

A.P. Chexov nomidagi teatr maktabga tashrif  buyurishdi.


Yoshlar ittifoqi yetakchisi rahbarligida sinf sardorlari yig`ilishi bo`lib o`tkazishdi. Maktab faollar zalida 8-“D” sinf o`quvchilari ishtirokida badiiy chiqish o`tkazildi.“ 1989-yil o`zbek tiliga Davlat tiliga davlat maqomi berilgan” 


26-oktyabr kuni Germaniya bilan hamkorlik doirasida elchixona vakillari maktabimizga tashrif buyurishdi.

Самарқанд шаҳар ХТМФМТТЭБ га қарашли  51-сонли ихтисослаштирилган  давлат умумий ўрта таълим мактабида “Фидойинг бўлгаймиз, сени Ўзбекистон!” шиори остида Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 26 йиллиги ҳамда “Билимлар куни” га бағишланган тадбир

Мустақилликни кўз қорачиғидек асраб-авайлаш, бугунги тинч-осойишта, фаровон ҳаётимизнинг қадрига етиш учун эса замон билан ҳамнафас бўлишимиз, ён-атрофимизда рўй бераётган воқеа-ҳодисаларга, юрт тақдири ва истиқболига даҳлдорлик ҳисси билан яшашимиз шарт.  Бунда  ,албатта, Ўзбекистон Республикасининг биринчи президенти, ҳурматли Ислом АбдуғаниевичКаримовнинг беқиёс хизматларини эсламасдан хеч иложи йўқ. Бу инсоннинг сайи харакатлари натижасида Таълим тўғрисидаги Қонун, Кадрлар тайёрлаш Миллий Дастури ва унинг узвий мантиқий давоми сифатида “Мактаб таълимини ривожлантириш Давлат умуммиллий Дастури”  қабул қилинди. 

Бугунги кунда ҳам мухтарам президентимиз Мирзиёв  Шавкат Миромонович томонларидан 2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясида белгилаб берилган устувор йўналишларидан бири ижтимоий соҳани ривожлантиришга қаратилганлиги, бунда  Ёшларга оид Давлат сиёсатини такомиллаштириш, таълим ва фан соҳасини ривожлантириш;

Президентимиз  Шавкат Мирзиёевнинг Қарори   асосида 2017-2018 ўқув йилида барча умумтаълим мактабларида 10 синфлар ташкил этилди. Шу жумладан бизнинг мактабимизда ҳам 10 синф ташкил этилди. Ҳурматли 10 синф ўқувчилари Президентимизнинг ишончларини оқлаган ҳолда барча саъй-ҳаракатларингизни ўқишга бериб, олийжаноб мақсадлар сари қадам ташланг!

Жаннатнинг ўзидир сенинг маконинг,

Сен учун жонини берар ўғлониг,

Доим мусаффодир, тинчдир осмонинг,

Қучоғингда шердек яшайман Ватан!





Самарқанд шаҳар ХТМФМТТЭБ га қарашли  51-сонли ихтисослаштирилган  давлат умумий ўрта таълим мактабида вояга етмаганларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатлари ҳимоя қилинишини таъминлаш, улар ўртасида назоратсизлик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш,  “Ижтимоий муҳитни янада соғломлаштириш, диний ақидапарастликни олдини олиш, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш мақсадида  ўтказилган давра суҳбати

1. Профилактика кунини ўтказиш

2. Йўл қоидаларига амал қилиш тўғрисида.

3. Одоб-ахлок, давомат хакида